
Agueroni yana bir superklub chaqirmoqda
Mavsum yakunlanishi bilan erkin agent sifatida “Manchester Siti”ni tark etadigan Serxio Aguero hali o‘ziga yangi ish joyi tanlagani yo‘q.
Ayni paytda 32 yoshli argentinalik hujumchiga “Barselona” va “Yuventus” asosiy da’vogar hisoblanadi. Endi bu klublar qatoriga A Seriya chempionligi ostonisida turgan “Inter” ham qo‘shildi.
Milan klubi rahbarlari Agueroning tajribasi kelasi mavsum Chempionlar ligasida qo‘l kelishiga ishonmoqda. Agar “shaharliklar” tarkibida eng ko‘p gol urgan bu futbolchi boshqa jamoani tanlasa, “Inter” e’tiborini boshqa hujumchilarga qaratadi.
Antonio Konte jamoasi mutasaddilari ro‘yxatida yana ikki tajribali hujumchi – “Roma”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Edin Jeko va “Chelsi”ni tark etishi kutilayotgan Olive Jiru bor.
Fikrlar