
Ahmadalievning bo‘lajak raqibi o‘tgan yilning eng zo‘ri deb topildi
"The Ring" nashri Naoya Inoueni 2023 yilning eng yaxshi bokschisi deb topdi.
2023 yilda 30 yoshli yaponiyalik bokschi ikkita jang o‘tkazdi. Iyul oyida u Stiven Fultonni muddatidan oldin mag‘lub etgan bo‘lsa, dekabr oxirida Marlon Tapalesni nokautga uchratib, birinchi yarim yengil vazn toifasida so‘zsiz jahon chempioniga aylangandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur nashr Dmitriy Bivolni o‘tgan yilning eng yaxshi bokschisi deb topgandi. O‘shanda Inoue ikkinchi o‘rinni egallagan.
Fikrlar