Ahmedov, Berdiev, Xomyakov va Abduraimov "Iqtidorli murabbiylar loyihasi"da ishtirok etishdi

  • 16 dekabr, 2024, 23:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

15, 16 dekabr kunlari Toshkent shahrida «Iqtidorli murabbiylar loyihasi» konferentsiyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur konferentsiyasida mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 110 dan ortiq bolalar futbolida faoliyat yurituvchi murabbiylar ishtirok etishdi.

Tecno

O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov ushbu loyiha futbolimiz uchun muhim ekani, iqtidorli murabbiylargina o‘zbek futbolining yangi yulduzlarini kashf eta olishini ta’kidlab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda futbolni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati tomonidan murabbiylar ta’limiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Konferentsiya davomida O‘FA texnik direktori Gi Kiala, shuningdek, Ro‘ziqul Berdiev, Aleksandr Xomyakov, Jasur Abduraimov singari tajribali murabbiylar o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan bo‘lishdilar.

Konferentsiya dasturidan o‘zbek futboli falsafasi, zamonaviy futbolda dietologiyaning ahamiyati, futbolchilarni tizimli va uzoq yillik reja asosida tayyorlash, ularni psixologik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirish hamda futbol akademiyalari faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish mavzulari o‘rin olgan bo‘lib, ushbu masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

O‘FA matbuot xizmati.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!