
Ahmedovning ustozi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Everton" klubi yaqindagina “Arsenal”dan iste’foga chiqarilgan mutaxassis Unai Emerining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda tomonlar allaqachon norasmiy uchrashuv ham o‘tkazishgan. Emerining o‘zi ham Angliyada qolishga qarshi emas, ammo, shu bilan birga u Italiya va Ispaniya klublaridan bo‘layotgan takliflarni ham ko‘rib chiqmoqchi.
"Everton" rahbariyati shuningdek ushbu lavozimga “Napoli” ustozi Karlo Anchelotti hamda "Shanxay SIPG" bosh murabbiyi Vitor Pereyra nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5 dekabr kuni Marku Silva “Everton” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi.
Fikrlar