Ajoyib hiyla: “Barsa” katta ishni hal qildi

  • 4 yanvar, 14:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” qiyin vaziyatdan chiqib ketdi. Kataloniya klubi ikki o‘yinchi – Daniel Olmo va Pau Viktorni La Liganing ikkinchi qismiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat oldi.

Avvalroq, La Liga va Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi “Barselona”ga bu ikki o‘yinchini chempionatning ikkinchi qismi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’qiqlagan edi. Bunga “Barselona”ning daromadi moliyaviy  feyr-pley qoidalariga to‘g‘ri kelmayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

La Liga 1 yanvar kuni Olmo va Viktor o‘yinchilar ro‘yxatidan chiqardi.

“Barselona” o‘z futbolchilarini qaydnomaga kiritish uchun murakkab jarayonni boshdan o‘tkazdi. Klub La Ligaga qatarlik va dubaylik sarmoyadorlarga “Kamp Nou” stadionida VIP-joylarni pullash orqali tushum qilish bo‘yicha qo‘shimcha daromadlarni kafolatladi va kerakli hujjatlarni taqdim qildi.

Oxir-oqibat qo‘shimcha daromad klub byudjetiga tushishi bilan “Barselona”ga  Olmo va Viktorni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!