Aka ortidan uka ham ketadigan bo‘ldi

  • 19 iyun, 2024, 06:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Etan Mbappe ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida PSJdan ketishini ma’lum qildi. 

Yoz boshida klubni tark etgan Kilian Mbappening ukasi 2017 yilning avgust oyidan buyon Frantsiya grandi tizimida harakat qilayotgandi. 

2023 yilning 15 sentyabr kuni yarim himoyachi ilk bor PSJning kattalar jamoasi safiga qo‘shilgan va 20 dekabr kuni Liga 1 ning 17-turi doirasidagi bahsda "Mets"ga qarshi bellashuvda maydonga tushgan. 

Hozircha u faoliyatini qaysi klubda davom ettirmoqchiligi aniq emas. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!