Akmal Mozgovoy "Al-Ayn" bilan o‘yindan so‘ng: "Raqib xatodan unumli foydalanib, gol urib ketdi"

  • 22 fevral, 2024, 16:17
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Osiyo chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Mazkur bahsdan so‘ng Qarshi klubi futbolchisi Akmal Mozgovoy o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- O‘yin va ushbu mag‘lubiyat haqida qanday fikrdasiz? 

- Bahs ajoyib bo‘ldi. Ikkala jamoa uchun ham bellashuv oson o‘tgani yo‘q. Oxirida omad bizdan yuz o‘girdi va raqib xatodan unumli foydalanib, gol urib ketdi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Al-Ayn" mazkur g‘alabadan so‘ng OChL chorak finaliga yo‘l oldi. Mazkur bosqichda ular Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi "An-Nasr" bilan kuch sinashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!