
Akmal Mozgovoy paslari aniqligi bo‘yicha birinchi o‘rinda
Superliganing 7-turida "Nasaf" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Xebay, Bozorov, Norchaev va Rahmatov bittadan gol urishdi. Ammo bahs davomida doimgidek "qora mehnat"ni qiluvchi futbolchi bu Akmal Mozgovoy edi.
Yarim himoyachi ushbu o‘yinda to‘pga 126 marta tegingan bo‘lsa, 110 marotaba pas bergan va shulardan 105 tasi o‘z sherigiga aniq bordi (95%). Bu borada ushbu mavsumgi ko‘rsatkichlar borasida futbolchi birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bundan oldingi Abdulla Abdullaevga tegishli edi. Himoyachi "Andijon"ga qarshi bahsda 96 ta aniq pas bera olgan.
"Ajdarlar" ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib olishdi. Kelasi turda jamoa "Xorazm" bilan kuch sinashadi. Undan keyin "Bunyodkor" va O‘zbekiston kubogi doirasida "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.
Fikrlar