
Akmal Rustamov: "Hujumchilarimizga biroz tajriba etishmadi"
Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “So‘g‘diyona” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Akmal Rustamov savollarga javob qaytardi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bugungi o‘yin haqida gapiradagin bo‘lsam, taktik tomondan biroz o‘zgartirish qilishga harakat qildik. Bolalarga rahmat aytmoqchiman. Ular bugun astoydil harakat qilishdi. Tarkibmizda besh-olti nafar yo‘qotish bor edi. Shunga qaramay, yigitlar yaxshi harakat qilishdi.
Agar yaratilgan vaziyatlardan foydalana olganimizda, g‘alaba biz tomonda bo‘lishi aniq edi. Bugun stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Nasib etsa, keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Biz ko‘p o‘yinning ko‘p vaqtini himoyada o‘tkazgan bo‘lsak-da, bizda gol kiritish uchun imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. Hujumchilarimizga biroz tajriba etishmadi, deb o‘ylayman. Yana bir bor futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular o‘yinga qo‘yilgan vazifani yuz foizga uddalashdi", - deydi Rustamov.
Fikrlar