
Akmal Rustamov: "Mazkur bellashuvda taktik taraflama bir qator o‘zgarishlar qildik"
Superliganing 14-turidagi "Qizilqum" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida navoiyliklar ustozi Akmal Rustamov o‘yin haqidagi firklari bilan o‘rtoqlashdi. Bu borada klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Andijondagi og‘ir uchrashuvdan keyin "Neftchi"ga qarshi tayyorgarlikni boshladik. "Neftchi"ni O‘zbekistonning eng kuchli, shakllangan jamoalaridan biri, deb hisoblayman. Shu bois mazkur bellashuvga taktik taraflama bir qator o‘zgarishlar qildik. Bu kabi bahslarda birgina gol o‘yin taqdirini hal qila olishi mumkin.
Mehmonlar o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishdi. O‘z navbatida biz ham o‘yin oxirida ularga javob qaytarishga ulgurdik. Yigitlarga rahmat aytaman. Maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Birinchi davraning so‘nggi uchrashuvini G‘uzorda "Sho‘rtan"ga qarshi o‘tkazamiz. Nasib etsa, bu bellashuvda muxlislar kutgan natijani qayd etishga urinib ko‘ramiz".
Fikrlar