
"Al-Ahli" Firminoga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi
Yozgi transferlar oynasida "Al-Ahli" klubiga kelib qo‘shilgan Roberto Firmino qishki transferlar oynasida boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Ben Yakobs xabar bermoqda.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya klubi hujumchi bo‘yicha takliflarni eshitib ko‘rishga tayyor va uni ijaraga berishni o‘ylamoqda. Shuningdek, "Ash-Shabab" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lganlar orasida mavjud.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum Firmino "Al-Ahli" tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. Ammo futbolchi so‘nggi paytlarda zaxirada qolib ketyapti.
Fikrlar