Al-Helayfi: "Lill" "Real Madrid"ni, "Monako" esa "Barselona"ni enggani barcha frantsuz klublari uchun g‘alabadir"

  • 4 iyun, 15:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi LFP (Professional futbol ligasi) shtab-kvartirasidagi tadbir chog‘ida Parij klubining Chempionlar Ligasi g‘alabasiga bag‘ishlangan nutq so‘zladi va bu voqeani Frantsiya futboli rivoji uchun muhim omil sifatida ta’kidladi.

Tecno

"Bu muvaffaqiyatga har bir kishi o‘z hissasini qo‘shdi. Biz bu ajoyib sovrinni qo‘lga kiritish uchun tinimsiz mehnat qildik. Bu faqat PSJ emas, balki butun Frantsiya futbol oilasi bu g‘alabani qo‘lga kiritish uchun ishladi. Biz frantsuz klublarini himoya qilamiz — bu biz uchun juda muhim. UEFA "Brest" futbolchilarini evrokubokda ishtirok etishlari bilan tabriklaganda, ulardan bag‘oyatda faxrlandim. "Lion" Evropa Ligasi chorak finaliga chiqqanida ham faxrlandim. "Lill" "Real Madrid"ni, "Monako" esa "Barselona"ni enggani bu butun frantsuz futboli, barcha frantsuz klublari uchun g‘alabadir. Bu chempionlikni qo‘lga kiritish uchun hech qachon taslim bo‘lmadik. Biz buyuk murabbiy, buyuk sport direktori, buyuk futbolchilar yordamida g‘alaba qozondik, lekin eng muhimi — biz jamoa bo‘lishni bildik.

Keling, ijobiy bo‘laylik, biz maqsadimizga etamiz, u uzoq emas! Men Premer-liga, A Seriya, Ispaniya va Germaniyadan ko‘plab futbolchilar bilan gaplashdim... Bizning chempionat ham xuddi ular darajasida. Frantsuz klublari "Real Madrid", "Barselona", "Liverpul", "Man Siti"ni engdi... Bu nimani anglatadi? Bu bizning ahamiyatimiz borligini anglatadi. Havotir olmang, biz maqsadimizga etamiz. Men faqat bitta narsani so‘rayman: birlikda bo‘laylik", — deya Al-Helayfining so‘zlarini keltirdi RMC Sport nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!