"Al-Hilol" 125 millionga Angliyadagi ikki yulduzni olib ketadi

  • 27.08.2026 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistonining sobiq chempioni «Al-Hilol» ingliz klublari bilan ikki yirik transfer bo‘yicha kelishuvga keldi. Umumiy bitim qiymati 125 million yevroni tashkil etmoqda.

Futbol bo‘yicha ishonchli manbalardan biri sanaladigan insayderlar Ben Jeykobs va Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Er-Riyad klubi tarkibini ikki taniqli hujumchi bilan kuchaytirmoqda. Londonning «Arsenal» klubidan braziliyalik Gabriyel Martinelli, Birmingemning «Aston Villa» jamoasidan esa angliyalik Olli Uotkins «Al-Hilol» safiga qo‘shiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Arsenal» ushbu transfer uchun 65 million yevro, «Aston Villa» esa 60 million yevro ishlab oladi.

Gabriyel Martinelli 2019 yildan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. U londonliklar tarkibida 278 o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol urgan va 36 marotaba golli uzatma bergan. Olli Uotkins esa «Aston Villa» safida 278 uchrashuvda 108 ta gol muallifi bo‘lgan va 47 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!