"Al-Hilol" bosh murabbiyi AGMK ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 28 aprel, 2021, 13:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida AGMK "Al-Hilol"ga qarshi bahs olib borib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berganidan xabardorsiz. Saudiyaliklar bosh murabbiyi Rojerio Mikale o‘yindan keyingi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Men, avvalo, futbolchilarni o‘tkazgan katta o‘yinlari bilan tabriklayman. Bugun ular uyushqoq va kuchli futbol namoyish etdilar. 

Bundan oldingi uchrashuvdagi mag‘lubiyatga bo‘lgan reaktsiyalari yaxshi chiqdi. Futbolchilar birinchi turdan hozirgacha bo‘lgan holatda, katta mas’uliyat bilan, to‘liq kuchni ishga solgan holda maydonga tushmoqdalar. 

Men qo‘l ostimdagi barcha futbolchilarga birdek ishonaman va ularning hammasida ham maydonga tushish imkoniyati mavjud. Biz o‘yinda biroz o‘zgarishlar amalga oshirdik va ular o‘z kuchlarini namoyish etib, jamoaga g‘alaba keltirdi", - dedi Mikale. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!