"Al-Hilol" Isakka haftasiga 600 ming funtlik shartnoma taklif qildi

  • 26 iyul, 02:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakka haftasiga 600 ming funt maosh taklif qildi. Bu haqda "The Guardian" xabar berdi.

Tecno

Bu summa soliqlarsiz to‘lanadi. Shuningdek, shartnomada qo‘shimcha bonuslar ham nazarda tutilgan.

Avvalroq 25 yoshli forvard klub rahbariyatiga boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqish niyati borligini ma’lum qilgan edi. Unga "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda va Isakning o‘zi ham mersisaydliklar safiga o‘tishga rozi. Ammo "Liverpul" Isakka "Al-Hilol" singari daromad taklif qilish imkoniyatiga ega emas.

Shu bilan birga, "Liverpul" hozircha Isakning taxminan 120 million funtga baholanayotgan transferi uchun mablag‘ ajrata olish-olmasligi ham noaniq.

Ma’lumot uchun, Aleksander hozirgi kunda "Nyukasl"da soliq va sug‘urta to‘lovlari ayirilmasdan avval haftasiga 120 ming funt maosh olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!