
“Al-Hilol” Messiga rasmiy taklif yubordi
Lionel Messi faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. PSJ bilan keliga olmay qolgan argentinalik hujumchi “Al-Hilol”dan rasmiy taklif oldi. Bu haqda nufuzli Reuters agentligi ma’lumot tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, saudiyaliklarning chorlovi Messiga bo‘lgan yagona taklif. Ma’lum bo‘lishicha, Messining PSJdan iki haftaga chetlatilganiga faqatgina Saudiya Arabistoniga beruxsat borgani sabab bo‘lmagan.
Jahon chempioni PSJ loyihasini keskin tanqid qilib, kelasi mavsum aniq bu jamoa uchun o‘ynamasligini aytgani ham munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan.
2021 yildan beri Parij klubida to‘p tepayotgan argentinalik yulduz tez orada amaldagi shartnomasini bekor qilishi mumkinligi aytilyapti.
Fikrlar