"Al-Nassr" yirik hisobda g‘alaba qozondi. Masharipovdan assist!

  • 15 yanvar, 2022, 22:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" va "Al-Faysali" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ydi.

Belashuvning 2-daqiqasida Masharipovning qanotdan uzatgan to‘pini Al G‘annam darvozaga joylab qo‘ydi. Hamyurtimiz ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" ayni damda turnir jadvalida 32 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!