
Al-Xelayfiy: "Saudiya Arabistonini Evropa uchun xavfli deb hisoblamayman"
Evropa klublari assotsiatsiyasi raisi, PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi Saudiya Arabistoni chempionatiga futbolchilarning ommaviy ravishda ko‘chirilishi haqida gapirdi.
"Men hech qanday xavfni ko‘rmayapman. Keling, yaxshiroq e’tiborni Evropa va klublarimizga qarataylik. Bizda eng katta va eng muhim turnirlar, eng yaxshi futbolchilar o‘ynaydi. Men Evropadan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar haqida gapirmoqchi emasman. Siz o‘zingizga e’tibor qaratishingiz kerak", - deya Al-Xelayfining so‘zlarini keltiradi "Calciomercato" nashri.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi Neymar yozda PSJdan Saudiya Arabistoniga yo‘l olgandi. Braziliyalik futbolchi “Al-Hilol” bilan shartnoma imzoladi.
Fikrlar