Alaba uchun kurashayotgan 4 jamoa nomi ma’lum

  • 10 dekabr, 2020, 19:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” himoyachisi David Alabaning agenti Pini Zaxavi mijozi ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan klublar ro‘yxatini tuzmoqda.

Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 28 yoshli avstriyalik futbolchi uchun «Real», «Barselona», «Chelsi» va PSJ klublari asosiy da’vogar hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, Alabaning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach nihoyasiga etadi va shu bois u bo‘lajak jamoasiga erkin agent sifatida yo‘l oladi.

David Alaba joriy mavsum “Bavariya” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!