Aldjameyn Sterling: "Figeyredu raqibining boshiga tizza bilan zarba yo‘llab, muddatdan oldin g‘alaba qozonadi"

  • 21.11.2024 16:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aldjameyn Sterling Pyotr Yan va Deyvison Figeyredu o‘rtasidagi bo‘lajak jang uchun o‘z prognozlarini bildirdi.

"Men  Pyotr Yanning janglaridan zavqlanaman, agar u men yoki do‘stlarim bilan jang qilmasa. Bo‘lajak bahsda kim g‘alaba qozonsa, titul tomon katta qadam tashlagan bo‘ladi. Menimcha, Figeyredu raqibning boshiga tizza bilan zarba berib, muddatidan oldin zafar quchadi", - deb yozgan Sterling X(sobiq Twitter)da.

Eslatib o‘tamiz, Yan (17-5) va Figeyredu (24-3-1) o‘rtasidagi bahs 23 noyabr kuni Makaodagi (Xitoy) "UFC Fight Night 248" turnirida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!