Aldjameyn Sterling UFC taklifidan voz kechdi

  • 22.08.2026 09:10
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘ta engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Aldjameyn Sterling faoliyatida birinchi marta dunyoning eng kuchli ligasi taklif qilgan jangdan bosh tortdi.

"O‘ylaymanki, bu men voz kechgan birinchi bahs. Boisi raqib TOP-10 dan tashqarida edi. Agar mazkur taklifni qabul qilib, g‘alaba qozonsam ham, bu menga nima berardi? Deyarli, hech narsa.

Men 37 yoshda yarim engil vazn toifasi reytingida to‘rtinchi o‘rinda turibman. Titulga erishish uchun atigi bitta imkoniyat qoldi va men undan maksimal darajada samarali foydalanaotganimga ishonch hosil qilmoqchiman", - deb yozdi Sterling ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Aldjameyn Sterling oxirgi jangida Yussef Zalalni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra yengdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!