
Aleks Fergyusonning "Manchester Yunayted"dagi eng omadsiz transferi kim?
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘zining ushbu klubdagi faoliyati davomida amalga oshirgan eng omadsiz transferi kimligini aytdi. Shotlandiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu 2006 yilda "Bavariya"dan sotib olingan Ouen Xargrivz hisoblanadi.
“2006 yilda Xargrivz ajoyib ish faoliyatini namoyish etdi. Bizga Roy Kinning o‘rnini bosadigan ushbu turdagi futbolchi kerak edi, chunki u ketganidan keyin bizda bo‘shliq hosil bo‘ldi. Men Ouen "Manchester Yunayted"da muvaffaqiyat qozonishiga ishondim. Ammo oxir-oqibat falokat yuz berdi.
Hargrivz o‘ziga ishonch hosil qilolmadi. U sog‘lig‘idagi muammolarni engishni istamadi. U mashg‘ulotlarda eng oson mashqlarni tanladi. Uning transferi faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatsizi bo‘ldi”, - dedi Fergyuson.
MYu o‘shanda Ouenni 25 mln evroga sotib olgan edi. U 4 yil davomida tinimsiz jarohat oldi va “qizil iblislar” safida jami 39 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. 2011 yilda u jamoani erkin agent sifatida tark etdi.
Fikrlar