Aleks Pereira Siril Ganga qarshi darhol revansh o‘tkazishni talab qilmoqda
Braziliyalik MMA ustasi Aleks Perreyra og‘ir vazn toifasida qolib, Siril Gan bilan revanш o‘tkazmoqchi.
"Bir necha kundan so‘ng UFC bilan gaplashamiz va ular nima taklif qilishini ko‘ramiz. Hozircha biz shu vaznda qolishni rejalashtiryapmiz. Chunki Sirilga qarshi jangda o‘zimni a’lo darajada his qildim, tanaffusda hatto stulga ham o‘tirmadim. Agar og‘ir vaznda o‘zimni yaxshi his qilmasam, bu yerda o‘tirib, revanш so‘ramas edim", - dedi Aleks.
Ma’lumot uchun, Perreyra yana bir intervyusida 60 kunlik tibbiy diskvalifikatsiya olgani va sentabr oyida oktagonga qaytishini aytgandi.

Fikrlar