
Aleks Sandro: "Sarri allaqachon" Yuve"ga o‘z mentalitetini singdirgan"
"Yuventus" ximoyachisi Aleks Sandro bosh murabbiy Mauritsio Sarrining jamoa o‘yiniga ta’siri haqida gapirdi.
"Mavsum boshlanishini sabrsilik bilan kutyapman.
Sarri Allegridan farq qiladi, ammo u allaqachon bizga o‘z mentalitetini singdirgan. Biz o‘z vazifalarimizni bilamiz. Biz yanada yaxshilanishimiz kerak, ammo to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz.
U bizdan ko‘proq to‘p nazoratini qo‘lga olishni talab qiladi. G‘alaba qozonish muhim va bu bizning mentalitetimiz.
Jamoa texnik va jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlandi. "Inter" va "Napoli" ham Italiya chempionatida g‘olib bo‘lishni istashadi, ular bizni mag‘lub etishni xohlashadi. Har mavsumda chempionlikni saqlab qolish tobora qiyinlashib bormoqda,” - dedi Sandro.
Fikrlar