
Aleksandr Emelyanenko va Magomed Ismoilov jangida kutilmagan natija qayd etildi
Bir necha daqiqa avval, Sochi shahrida tashkil etilgan "ACA 107" turniri o‘z yakuniga etdi. Uning markaziy jangida Magomed Ismoilov hamda Aleksandr Emelyanenko o‘zaro bahs olib bordi. Taxminlar o‘zini oqlamagan tarzda, ushbu to‘qnashuvda Magomed Ismoilov favorit sanalayotgan va juda tajribali raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Garchi, vazn jihatidan anchagina kichik bo‘lsa-da, ya’ni, o‘rta vazn toifasida harakat qiladigan dog‘istonlik jangchi to‘liq ustunlikka erishib, 3-raund yakunlanayotgan bir vaqtda jang masalasini hal qildi.
Shunday qilib, kichik Emelyanenko faoliyatidagi sakkizinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan bo‘lsa, Ismoilov 16-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar