
Aleksandr Usik futbolchi sifatida ham yomon emas!
Jitomirning “Polese" klubi yarim himoyachisi Artem Kozak Aleksandr Usikning futbolchi sifatidagi harakatlariga baho berdi.
“Bo‘yi va vazni bo‘yicha u juda munosib darajada. Uning mashg‘ulot o‘tkazayotganini ko‘rib, hayratda qolaman. Sasha Winter Cup turnirida hujumchi sifatida o‘ynadi va o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi, shuning uchun Budkovskiy ehtiyot bo‘lishi kerak, unga kuchli raqobatchi bor", - deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik professional boksning og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF chempionlik kamari sohibi sanaladi.
Fikrlar