Aleksandr Volkanovski hamda Maks Xollouey jangi to‘liq davom etdi

  • 3 iyul, 2022, 09:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"UFC 276" turnirining ikiknchi markaziy jangi ham yakunlandi. Unda yarim engil vazn (65.8 kg) toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski printsipial raqibi Maks Xolloueyga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Bu ular o‘rtasidagi uchinchi to‘qnashuv bo‘lib, ikki bor Volkanovski g‘alaba qozongan edi.

Tecno

Bu galgi to‘qnashuv avvalgilaridan farq qilgan holda to‘liq Volkanovski ustunligida o‘tdi. 5-raund davom etgan jangda avstraliyalik atlet Xolloueyni ochkolar hisobida mag‘lub etib, qaysidir ma’noda ular o‘rtasidagi gap-so‘zlarga barham berdi. 

Shu tariqa Vlolkanovski yana bir bor chempionlik titulini munosib himoya qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!