Aleksandr Volkanovski: "Maxachev bilan revansh jangimiz amalga oshadi"

  • 21 aprel, 2023, 19:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim engil vazn(65.8 kg) toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Islom Maxachev bilan albatta revansh jangini olishiga ishonmoqda. Shu bilan birga, Volkanovski kutish kerakligini tushunadi.

Tecno

“Bu qiyin savol, chunki engil vaznda Beneil Dariush da’vogar, ammo bizning revansh jangimiz ham bo‘lib o‘tishi kerak. Bu sodir bo‘lishi uchun hamma narsa kerak. Keling, voqealar qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Menga kelsak, men faqat faol bo‘lishni xohlayman. Men uchun bu asosiy narsa. Odatda, o‘tirib kutadigan odam emasman. Men faqat o‘z mehnatim bilan hamma narsaga erishishimni bilaman. Oxir-oqibat bizning revanshimiz amalga oshadi”,-dedi Aleks.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Volkanovskining birinchi jangida dog‘istonlik sportchi ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Volkanovski 8 iyul kuni "UFC 290" turniri doirasida Yair Rodriges bilan jang qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!