
Aleksandr Xomyakov: "Bunday natijani kutmagandim"
Jamoamizning raqib ustidan 5:1 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov quyidagilarni aytdi:
“Albatta, bunday natijani kutmagandim. O‘tgan o‘yindagi xatolarimizni bartaraf etdik. Bugun bizda ko‘p narsa o‘xshadi.
Birinchi bo‘lib darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizga qaramay, xatolarimizni vaqtida payqab vaziyatni to‘g‘riladik. Futbolchilarning harakatlaridan mamnunman.
Vaziyatlardan foydalana olishimiz o‘xshadi. Yana ishlashda davom etamiz”, - dedi Xomyakov.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar