
Aleksandr Xomyakov: Butun O‘zbekiston xalqini Navro‘zi ayyomi bilan tabriklayman
Muborakning "Mash’al" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov Navro‘z bayrami bilan barchani tabrikladi.
- Men O‘zbekistonda bir necha yillardan buyon istiqomat qilaman. «Mash’al» klubida faoliyat yuritayapman. Bu erda men umuman o‘zimni begona his etmayman, hech kim mening ishimga aralashmaydi. O‘zbek xalqi chindan ham mehmondo‘st oq-ko‘ngil xalqdir. Avval ham aytganman hozir ham aytaman kezi kelsa men bu yurtni fuqarosi bo‘lishga ham tayyorman. Fursatdan foydalanib butun O‘zbekiston xalqini bugungi qutlug‘ va muqaddas ayyom, Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz do‘stlar, - dedi muborakliklar ustozi.
Fikrlar