
Aleksandr Xomyakov sobiq jamoasida Viktor Kumikovning ijobiy natija ko‘rsatishiga ishonadimi?
Kuni kecha “Andijon” klubini Viktor Kumikov boshqarishi e’lon qilindi. Shu tariqa, sobiq murabbiy Aleksandr Xomyakovdan so‘ng bo‘shab qolgan lavozim o‘z egasini topdi.
O‘z o‘rnida Aleksandr Andreevich Viktor Kumikovning “Andijon”ga bosh murabbiy etib tayinlanganiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
- Shak-shubhasiz Kumikov bilan jamoa o‘z so‘zini ayta oladi. Qolaversa, chempionatda atiga endi uchta tur o‘tdi xolos. Mavsum davom ettiriladigan bo‘lsa, “Andijon” albatta o‘zini ko‘rsata oladi.
Umuman olganda, tanlovdan ko‘nglim to‘ldi. Chempionat qayta boshlanganidan so‘ng murabbiy va jamoaga omad tilab qolaman.
Biz Viktor Balyutovich bilan doim ham gaplashmaymiz. Ammo undan juda minnatdorman. Chunki u tufayli o‘zimni murabbiy sifatida sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘lganman, - dedi Xomyakov.
Fikrlar