
Alfonso Devis "Bavariya"dagi kelajagi haqida gapirdi
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis nemis klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
“Men butun e’tiborimni shu jamoaga qaratganman. Men “Bavariya”da o‘ynayapman va bor diqqatimni shu narsaga qaratganman. Men har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istayman. Shuning uchun hozircha ketish haqida o‘ylamayapman. Klubda qolishim yoki uni tark etishimdan qat’i nazar, men bu klubni doim yuragimda olib yuraman.
Shartnomani uzaytirishim mumkinmi? Yaxshi savol, bu haqda mening agentim bilan gaplashishingiz kerak. Hozir bor e’tiborimni har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga qaratganman. Ayni paytda men boshqa narsalar haqida o‘ylamayman”, - dedi Devisning Bild nashriga bergan intervyusida.
Alfonso Devisning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq futbolchiga “Real” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar