
Alfonso Devis "Bavariya"dan ketib, "Real"ga o‘tishni istamoqda
"Bavariya" futbolchisi Alfonso Devis myunxenliklar bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. U mavsum oxirida jamoani tark etishi kutilmoqda.
"Diarioas" nashrining xabariga ko‘ra, qanot himoyachisi faoliyatini "Real"da davom ettirish haqida o‘ylamoqda. Agar madridliklar Devisni qo‘lga kiritishni istasa, 50 million evrolik tovon pulini to‘lashi kerak bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Alfonso joriy mavsum Bundesliganing 10 ta o‘yinida 3 ta assist muallifi bo‘ldi. Hozirda taniqli "Transfermarkt" portali uni 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar