Alijonov mashg‘ulotlarda kichik jarohat olgan. Uning holati qanday?
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov mashg‘ulotlar paytida oyo‘gining boldir mushak qismida noqulaylik his qilgan.
Tibbiy diagnostika va klinik tekshiruv xulosalariga ko‘ra, himoyachining tiklanishi uchun taxminan bir hafta vaqt talab etiladi.
Ayni vaqtda Alijonov tibbiy shtab nazorati ostida individual tiklanish mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Bu haqida O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar