Alisher Nikimbaev: “Nasaf”ga “Lokomotiv” bilan o‘yinda “Bunyodkor”ga qo‘llagan taktikasi ish bermadi

  • 21 avgust, 2019, 16:54
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun SPORTS.uz saytida yangi loyihaning navbatdagi soni taqdim etilmoqda. Unda Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz, ko‘pchilik yaxshi taniydigan mutaxassis Alisher Nikimbaev bilan Superligada turning markaziy o‘yini tahlil qilindi.

Tecno

Bu gal Superliga 17-turdan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuviga e’tibor qaratildi. Unda Alisher Nikimbaev quyidagilarni bayon etdi.

35267208_10157695996212942_3276155591159971840_n

- “Lokomotiv” – “Nasaf” shubhasiz turning markaziy o‘yini bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda ketayotgan va shu o‘ringa da’vogarlik qilmoqchi bo‘lgan jamoalar to‘qnashgan. Ular orasida 4 ochko farq bor edi. Agar “Nasaf” yutganida, bir ochko qolardi va qarshiliklar “temiryo‘lchilar”ga yaqinlashib olishardi. Shuning uchun “ajdarlar” g‘alaba uchun kurashishdi. “Nasaf” “Bunyodkor”ga qarshi harakat qilgan taktikadan foydalandi.

Mehmonlar maydonda asosan 4-3-2-1 yoki 4-4-2 tarzda joylashishdi. Lekin safarda to‘p tepgani bois himoyachilar har doim ham hujumga o‘tishmasdi. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari oldingi chiziqda to‘p nazorati va pressing qilmoqchi bo‘lishgandi. Biroq “qaldirg‘ochlar”ga qo‘llangan uslub “Loko” bilan bahsda o‘xshamadi. Bunga sabab “termiryo‘lchilar”ning saviyasi hamshaharlaridan yuqoriligidir. Ular “Bunyodkor” qilgan xatolarga yo‘l qo‘yishmadi. Yodingizda bo‘lsa “Nasaf” – “Bunyodkor” bellashuvida mehmonlar himoyachisining 2 ta xatosi qimmatga tushgan. Shuning uchun bu safar “Nasaf”ga o‘sha taktika samara bermadi.

"Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvi tahlili. Alisher Nikimbaev talqinida

“Lokomotiv” asosan 4-3-2-1 taktikasi bilan o‘ynagan va bundan samara chiqdi. Ular ham to‘p nazoratiga va uzun paslarga e’tibor berishgan. Mezbonlar qarshiliklarga qaraganda faol harakat qilishdi. Poytaxtliklarning asosiy ustunligi standart vaziyatlarda raqibdan birinchi bo‘lgani. Chunki bunday holatlarning barchasida “Loko” yutgan.

Gol uzun pas bilan yuzaga kelgan. Ya’ni jarima zarbasidan oshirib berilgan to‘r yakunda to‘rga kiritildi. Raqib jarima maydoni yaqinida to‘pni ushlab turishdi va darvoza ishg‘ol etildi.

“Lokomotiv”ning o‘yin uslubi o‘sha gol kiritilgan vaziyatda ko‘rinardi – uzun pas, to‘p nazorati va jarima maydonida ustunligi, - dedi mutaxassis.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dima Muratov
21/08/2019 19:58
Nikimbaev shu Nasaf uyiniga nimagadir qiziqib qoldi...
Foydasi yug janob Nikimbaev qancha tosh otmang baribir Nasaf chap beradi.
Kupchilik uylagandi xuddi sizdek Nasaf sindi deb - Afsuski bazilarni qilgan say xarakatlari naf bermadi aksincha Nasaf yoshardi va yanada kuchaydi.
Biz Pahtakorni kutyabmiz Qarshiga...
Sobir Malilov
21/08/2019 22:47
babayn bitta oyinda yutsa tamom hamma uni daxo hisoblaydi qanaqa taktika haqida gapiryabsiz alisher aka taktika yoqku lokoni kuchi surxon bilan ikkita oyinda korindi jamoa oyini 0
Shaxboz Bekmurodov
23/08/2019 17:35
qiziqsa maylida ko‘zi tegib qolmasinda NASAFga iloyim ko‘zing o‘yilgirni,
&
SCORPION
21/08/2019 18:27
Alisher nikinbaev NASAFning o‘yiniga qiziqib qolganmi deyman har bir uyinni tahlil qilib bormoqda
&
Sash
21/08/2019 18:28
Kim bu aqilli. Buni fikri kimga qiziq. Nasafni hozirgi vaziyatini hamma muhlis biladi.