Alisher Nikimbaev: "OFK musobaqalarini translyatsiya qilish huquqi bugungi o‘yinni translyatsiya qilishdan manfaatdor bo‘lmagan Uzreport kanaliga tegishli"

  • 15 avgust, 2023, 11:47
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Barchani qiziqtirayotgan OKMK – “As Sib” bahsining translyatsiyasi masalasida futbol mutaxassis – Alisher Nikimbaev izoh qoldirdi. 

Tecno

"Bugun OKMK OChL saralash bosqichi doirasida Ummonning “Al Sib” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Klubdagilarning aytishicha, OFK talablaridagi nomuvofiqlik tufayli translyatsiya masalasi haligacha hal etilmagan.

Gap shundaki, O‘zbekiston hududidagi barcha OFK musobaqalarini translyatsiya qilish huquqi bugungi o‘yinni translyatsiya qilishdan manfaatdor bo‘lmagan Uzreport kanaliga tegishli.

Ammo haqiqat shundaki, Chempionlar ligasi va OFK kubogining saralash bosqichi va pley-off o‘yinlariga barcha tijoriy huquqlar klublarga tegishli. Demak, qaysi kanalga sotish yoki translyatsiya huquqini bepul berishni OKMK o‘zi hal qiladi"

Eslatib, o‘tamiz bahs bugun soat 20:00 da Olmaliq shahridagi arenada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
15/08/2023 17:02
Агар гурух боскичига 4 та кулубимиз хам чикса мазза килиб футбол курамиз десам.... бу хам орзуми хали
&
ibroximmm
15/08/2023 12:56
Кандай кунларга колдик хамма лавозимдагилар чунтагини уйлайди халкни Ким уйлайди афсус
&
jamolidin
15/08/2023 12:20
ahmoqona
Muslimbek Yuldashev
15/08/2023 11:51
Qachongacha a DUNYODA UVERSITETLARNI OYINLARINI HAM XATO JONLI TRANSLATSIA QILAYOTKAN BIR PAYTDA