Alisher Usmonov 30 mln funt evaziga "Everton"ning yangi stadionini nomlash huquqini sotib oldi
Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan "USM Xolding" "Everton" klubining yangi quriladigan stadionini nomlash huquqini sotib oldi.
Klubda direktorlik lavozimini ijro etuvchi Deniz Barrett-Baksendeyl bergan xabarga ko‘ra, kelishuv 30 mln funtni tashkil etgan.
Uning ta’kidlashicha, agarda mersisaydliklar shu yili qurilishni boshlashsa, yaqin 3 yil ichida yangi stadionni qurib bitkazishadi.
"Everton" xo‘jayini Farxod Moshiri Alisher Usmonovning biznes-hamkori hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Usmonov "Arsenal" klubining 30% aktsiyasiga ega edi va uni 2018 yilning avgust oyida 550 mln funtga sotib yuborgandi.

Fikrlar