
Allegri: Agar finalga chiqsak, Buffonni o‘zimiz bilan birga olib boramiz
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiiy Massimiliano Allegri kecha “Atletiko”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U agar jamoasi finalga chiqsa, Janluiji Buffonni Madridga o‘zlari bilan birga olib ketishlarini aytdi.
“Buffon bizni instagramda tabrikladi? Unga buning uchun minnatdorchilik bildiramiz. U “Yuventus” tarixini yozgan futbolchi.
Biz PSJning o‘yinini ko‘rdik va hammasi barbod bo‘lganidan ranjidik. Biroq, biz Madridga (finalga) borishga harakat qilamiz va shunday bo‘lsa uni o‘zimiz bilan birga olib boramiz”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Buffon “Yuventus” sharafini 2001-2018 yillarda himoya qilgan va jami 509ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 379ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar