Allegri "Empoli"ga qarshi o‘yinda "Yuventus" etakchilarini maydonga tushirmaydi

  • 25.03.2019 16:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL 1/4 finalidan o‘rin olgan “Ayaks”ga qarshi bah oldidan jamoa etakchilariga dam bermoqchi.

Unga ko‘ra Allegri A Seriyaning ushbu turida Krishtianu Ronaldu, Miralem Pyanich, Jorjo Kellini, Joau Kanselu va Leonardo Bonuchchilarning xizmatlaridan foydalanmaydi.

Ma’lumot uchun, “keksa sinora” ayni damda musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. Ular ikkinchi o‘rinda borayotgan “Napoli”dan naqd 15 ochkoga ilgarilab ketishgan. Ular chempionatning navbatdagi bahsini 30 mart kuni "Empoli"ga qarshi o‘tkazishadi.

Eslatib o‘tamiz, "Ayaks" - "Yuventus" uchrashuvi 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 16 aprelga rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!