
Allegri nima uchun "Real"ga rad javobini bergan?
“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Real”dan taklif tushganini tan oldi va nima uchun rad javobi berganini izohladi.
– Men klub prezidenti bilan yozda ketmaslik borasida gaplashgandim. Menga Turinda bo‘lish yoqadi. Shuning uchun Madrid klubiga rad javobini berdim, – deydi Allegri.
Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi”ga JCh-2018 boshlanish arafasida Ispaniya termasini tark etgan Xulen Lopetegi bosh murabbiy etib tayinlandi.
Fikrlar