
Allegri: Ronaldu - "Yuventus"ning kelajagi
"Ertaga biz chempionlik haqidagi barcha savollarni yakunlab, chempionlikni tantana qilishimiz kerak. Bu biz butun mavsum davomida ko‘zlab kelgan asosiy turnirimizdir. Mavsum ajoyib o‘tdi. "Ayaks"dan uchralgan mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak. Chunki hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. O‘zimizni oqlashimiz emas, olg‘a yurishimiz kerak.
Biz tarixiy natijaga yaqinmiz va ertaga chempionlikni tantana qilmoqchimiz. Muxlislar qatorasiga sakkizinchi Skudettoni qo‘lga kiritayotgan jamoalari bilan fahrlanishsa arziydi.
Krishtianu ajoyib mavsum o‘tkazdi. U "Yuventus"ning kelajagi. U yaxshi o‘ynayapti va buni kelgusi mavsumda ham namoyish etadi", - dedi Allegri.
Fikrlar