Allegri "Torino" bilan durang natija haqida nimalar dedi?
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionati 35-turi doirasida "Torino"ga qarshi bahs natijalari (1:1) borasida o‘z fikrini bildirdi.
- Biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, mag‘lubiyat bizga loyiq emas edi. Raqib darvozasi oldida bir necha marotaba vaziyatlardan foydalana olmadik, ikkinchi bo‘limda esa "Torino" birorta ham havfli vaziyat yarata olmadi.
Raqibga biz golni o‘zimiz taqdim etdik. Chempion bo‘lganimizdan keyin ham "Yuve" g‘alaba uchun bor kuchini berib kelmoqda, bu borada jamoaga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, - deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.

Fikrlar