
Allegri uni "Yuventus"ga qaytarmoqchi
“Barselona”da omadi kelmayotgan bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanich yana sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.
Todofichajes nashrining xabar berishicha, 31 yoshli futbolchini “Yuventus”da kutishmoqda. Aniqrog‘i, yana jamoa boshqaruviga qaytga Massimiliano Allegri Pyanichni Turinga qaytarishni rejalashtirgan.
O‘z navbatida Kataloniya klubi Miralemni 50 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ushbu shart “Yuventus”ga ma’qul kelmayapti va shu bois ular Pyanichni ijaraga olish haqida o‘ylamoqda.
Pyanich “Barselona”ga 2020 yilning sentyabrida aynan “Yuventus”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar