Allegri “Yuve” yulduzlari – Morata va Dibala bo‘yicha qarorini aytdi

  • 31 may, 2021, 23:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Yuventus”ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa hujumchilari Alvaro Morata va Paulo Dibala bo‘yicha bir qarorga keldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, italiyalik mutaxassis har ikki hujumchini jamoada olib qoladi. Turinliklar “Atletiko”dan ijaraga olingan Moratani tarkibda saqlab qolish uchun madridliklarga 10 million evro to‘laydi. Allegriga ispan hujumchisining o‘yini ma’qul kelishini bildirdi.

Shuningdek, Allegri klub rahbariyatidan sobiq shogirdi Dibalaning shartnomasini uzaytirishni so‘radi.

Morata va Dibala kelasi mavsumda “Yuventus”ning asosiy hujumchilari sifatida to‘p tepishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!