Allegri "Yuventus" rahbariyatidan 5 nafar futbolchini sotib yuborishni talab qilgani ma’lum bo‘ldi

  • 18 may, 2019, 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha jamoadan ketishi e’lon qilingan "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa rahbariyatidan mavsumlar oralig‘ida tarkibda o‘zgarishlar qilishni so‘ragan.

Tecno

Tuttosport tarqatgan xabarga ko‘ra 51 yoshli italiyalik mutaxassis yozgi transferlar davrida jamoaning 5 nafar futbolchisini sotib yuborilishini talab qilgan. Bular Mario Manjukich, Duglas Kosta, Paulo Dibala, Joau Kanselu va Aleks Sandrolardir.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Allegrini iste’foga chiqishga “Yuventus” vitse-prezidenti Pavel Nedved undagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!