
Allegrining "Yuventus"ga qaytishi rostmi?
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyligida tez orada o‘zgarish yuz berishi mumkin.
La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati agar jamoa bo‘lajak o‘yinda "Inter"ga imkoniyatni boy bersa, amaldagi bosh murabbiy Mauritsio Sarrini iste’foga chiqaradi. Boisi, “Yuve” rahbariyati Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsida “Lion”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng qattiq g‘azabga kelgan va “neradzurrilar”ga qarshi o‘yindan oldin vaziyatni o‘ngash uchun Sarriga so‘nggi imkoniyatni berishga qaror qilgan.
Agar Sarri o‘z lavozimidan ozod etilsa, uning o‘rniga “Yuventus”ni 2014-2019 yillarda boshqargan Massimiliano Allegri olib kelinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Inter” uchrashuvi 1 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar