
Alonso Mbappe va Vinisius uchun reja tuzib qo‘ydi
"Real Madrid" yulduzlari Kilian Mbappe hamda Vinisius Junior yangi mavsum jamoada muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan grandi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujum chizig‘ida birdaniga ikki futbolchidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlanishicha, Alonso o‘zining taktik moslashuvchanligi tufayli mavsum davomida tarkibni rotatsiya qila oladi.
Shu bilan birga, "Real"dagilar Vinisius o‘z ustida ishlashi kerakligini ta’kidlashmoqda. Agar braziliyalik hujumchi so‘nggi oylarda qanday o‘ynagan bo‘lsa, shunday o‘ynashda davom etsa, u tarkibdagi o‘rnini yo‘qotadi va jamoadagi obro‘siga katta zarar etkazadi.
Fikrlar