Al’vares “Atletiko” mashg‘ulotlariga kelmay qo‘ydi

  • 28.08.2026 18:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik hujumchi Julian Alvares ketma-ket uchinchi kun Madriddning “Atletiko” klubi jamoaviy mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

“Atletiko”da ushbu vaziyatni Alvaresning o‘zini yomon his qilayotgani bilan izohlashmoqda. Biroq argentinalik futbolchining joriy jamoasini tark etish istagi borligi haqidagi mish-mishlar fonida bu holat futbol jamoatchiligida qiziqish uyg‘otmoqda.

Avvalroq Madrid klubi bosh direktori Migel Anxel Hil “Barselona”ning hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga bo‘lgan urinishini keskin rad etgan edi.

Cope ma’lumotiga ko‘ra, Alvaresning o‘zi ham bu yozda uning kelajagi atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan qattiq xavotirda.

23 avgust, yakshanba kuni Alvares yangi mavsumda Madrid klubi safida birinchi marta maydonga tushdi. Argentinalik futbolchi La Liganing 2-turida “Vilyarreal”ga qarshi uy uchrashuvining ikkinchi bo‘limida zahiradan maydonga chiqdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan.

Alvaresning qaytishi “matraschilar” muxlislarining salbiy munosabati bilan kechdi — ishqibozlar uchrashuv davomida futbolchini hushtakbozlik bilan kutib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!