
Alvares "Atletiko"dan "Real" qiziqayotgan futbolchini sotib olishni so‘radi
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares Argentina terma jamoasidagi do‘sti Entso Fernandesni klubda ko‘rishni istaydi.
"Matraschilar" uzoq vaqtdan beri "Chelsi" yarim himoyachisiga qiziqish bildirayotgan edi. Shu bilan birga "Real Madrid" ham, Fernandesni anchadan beri qo‘lga kiritmoqchi. "El Nacional" nashrining xabariga ko‘ra, Alvares "Atletiko" rahbariyatiga murojaat qilib, yozgi transfer oynasida Fernandesni sotib olishga urinishni so‘ragan. Hujumchining fikriga ko‘ra, uning do‘sti ispan klubining o‘yin uslubiga juda mos tushadi.
"Transfermarkt" portali ma’lumotiga ko‘ra, Entso Fernandesning transfer narxi 75 million evroni tashkil etadi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2032-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar