Al’vares — "Barselona"ning asosiy transfer maqsadi!
Hujumchi Xulian Al’vares yozgi transfer oynasida "Barselona"ning asosiy maqsadi bo‘lib qolmoqda. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, moliyaviy muammolarga qaramay, kataloniyaliklar futbolchini qo‘lga kiritishni istamoqda. Biroq "Atletiko" o‘z o‘yinchisini saqlab qolish uchun kurashadi va uning transfer qiymatini 120 mln yevrodan ham yuqori baholamoqda. Shuningdek, Al’varesga APL klublari, jumladan "Arsenal" tomonidan ham qiziqish borligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, argentinalik forvardning "matraschilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar